O‘zbekiston | 12:38 / 17.11.2018
15064
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi direktori o‘zgardi

Foto: cgc.uz

Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti dekan muovini Rustam Abduraupov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Respublika biznes va boshqaruv oliy maktabiga rahbar bo‘ldi.

Foto: cgc.uz

Rustam Abduraupov 1985 yil iyul oyida tug‘ilgan. 2005 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini va 2007 yilda Toshkent moliya institutini tamomlaganidan so‘ng o‘zining ilmiy – tadqiqot faoliyatini Denver universiteti (AQSh) va Vageningen universitetida (Niderlandiya) davom ettirgan.

Yangi direktor rahbarligida oliy maktab jamoasi RBBOMga yuklatilgan vazifalarni bajarishni niyat qilgan. Xalqaro tajribani faol joriy etish, yetakchi fan-ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, double degree (qo‘shaloq diplom) magistratura dasturlarini akkreditatsiya qilish bo‘yicha rejalar qisqa muddatda amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning joriy yil 6 sentabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi huzuridagi Korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazining nomi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi deb o‘zgartirildi

Mavzuga oid