Fan-texnika | 08:27 / 11.12.2018
7206
2 daqiqa o‘qiladi

Apple Xitoyda ayfonlar sotilishi taqiqlanishi ustidan shikoyat qildi

Foto: RIA Novosti / Natalya Seliverstova

AQShning Apple kompaniyasi Xitoy sudining mamlakatda iPhone’ning 7 ta modelining sotilishi taqiqlanishi qarori ustidan shikoyat arizasi topshirdi.     

Avvalroq Fuchjou shahri sudi Apple mobil qurilmalar uchun protsessor va butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi Qualcomm kompaniyasining patent huquqlarini buzganligi ma'lum bo‘lgandan keyin kompaniyaning 7 ta modeldagi smartfonlari sotilishini taqiqlagandi. Jumladan, sud qaroriga ko‘ra iPhone 6S, iPhone 6S Plus, iPhone 7, iPhone 7 Plus, iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X taqiqlov ostiga tushgan.

“Qualcomm’ning mahsulotimizga taqiqlov kiritishga urinishi bu noqonuniy harakatlari butun dunyoda tergov qilinayotgan kompaniya tomonidan yana bir noiloj qadamdir. iPhone’ning barcha modellari Xitoydagi mijozlarimiz uchun ochiq qoladi. Qualcomm avval olmagan uchta patenti haqida gapirmoqda, jumladan ulardan bittasi noqonuniy deb topilgan. Biz sudlarda barcha huquqiy imkoniyatlarimizdan foydalanamiz”, deb aytilgan Apple’da.

AQSh kompaniyasi Qualcomm’ning patent huquqlarini buzmagani va qurilmalarni sotishga taqiqlov sudning qarori doirasidan tashqariga chiqishini aytgan. Apple’da ma'lum qilinishicha, sud qarorida gap borayotgan patentlar iPhone’ning barcha oxirgi modellarida o‘rnatilgan oxirgi operatsion tizimga amal qilmaydi.

Mavzuga oid