Iqtisodiyot | 17:14 / 01.08.2019
20052
2 daqiqa o‘qiladi

2017 yilgacha sutkalik 3 ming tonna benzinning 2,5 ming tonnasi Toshkent shahriga berilgan

Foto: Maksim TROITsKIY

Bugun, 1 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "O‘ztransgaz" AJ va "O‘zbekenergo" AJ mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda asosiy ma'lumotlarni taqdim etgan moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov yoqilg‘i narxini oshishini izohlarkan shunday misollarni keltirdi:

– Masalan, 2017 yillarda viloyatlarda benzinning litri 6 ming so‘mdan, baklajkalarga solib qo‘lda sotilardi. Hozir oradan ikki yil o‘tdi, bu borada ham bozor iqtisodiyoti mexanizmlari joriy qilindi. 15 avgustda boshlab benzin narxi 4500 so‘m bo‘ladi, lekin shunda ham hali 2 yil avvalgi narxlarga yetganimiz yo‘q. Viloyatlarda ham benzinni bemalol 4 ming so‘mdan xarid qilish mumkin bo‘lib qoldi. 

Tadbirda ishtirok etayotgan muxbirlar viloyatlarda hamon qo‘lda benzin sotilayotgani, Xatirchi, Nishon kabi tumanlar bunga misol bo‘lishini aytishganida vazir neft sohasidagi mutasaddidan izoh so‘radi:

– 2017 yilga qadar kunlik 3 ming tonnalik limitning 2,5 ming tonnasi Toshkent shahri orqali realizatsiya qilingan. Bugun ham limit o‘sha 3 ming tonna, lekin Toshkent shahri ulushi hozir 1,5 ming tonnaga tushdi. Shuningdek, hozir 123 ming tonna yoqilg‘i omborlarda turibdi. Viloyatlardagi taqchillik va qo‘lda sotilish holatlarini albatta o‘rganamiz, chora ko‘ramiz, - deya javob berdi “O‘zneftmahsulot” boshqaruv raisi Muzaffar Fayziyev.

Mavzuga oid