Serbiya prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li koronavirusga chalindi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning to‘ng‘ich o‘g‘li Danilo koronavirusga chalindi. Bu haqda Vuchichning o‘zi ma'lum qildi.
“Mening katta o‘g‘lim koronavirusga chalindi”, deb yozgan Vuchich Instagram’da. Serbiya prezidenti o‘g‘lining shifoxonaga joylashtirilgani va u kasallikni yengishiga ishonishini qo‘shimcha qilgan.
Danilo Vuchichning jurnalist Kseniya Yankovich bilan birinchi turmushidan birinchi farzandi hisoblanadi. U 1997 yilda tug‘ilgan. Vuchichning yana bir o‘g‘il va bir qizi bor.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Serbiyada ayni vaqtda 2666 kishi koronavirusga chalingan, ulardan 65 kishi vafot etgan.
Mart oxirida Serbiya epidemiyaga qarshi kurashda Rossiyadan yordam so‘ragan. Hozirga kelib Rossiya Belgradga 11 ta samolyotda 87 nafar harbiy tibbiyotchi, himoya vositalari, tibbiy qurilmalar va harbiy texnika jo‘natgan.
Mavzuga oid
09:10 / 26.10.2024
Yevrokomissiya rahbari Serbiya bosh vaziri bilan uchrashuvni bekor qildi
13:20 / 21.10.2024
Vuchich 2,5 yil ichida birinchi marta Putin bilan telefonda gaplashdi
09:10 / 18.10.2024
Serbiya urushga qarshi pozitsiyaga ega rossiyalikka YaURni uzaytirmadi
23:20 / 13.10.2024