Jamiyat | 15:00 / 26.08.2020
19981
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Anorbank'ga Markaziy bank tomonidan litsenziya berildi

Anorbank mijozlarga yanada qulay masofaviy xizmat ko‘rsatish maqsadida bo‘limlar ochishdan voz kechgan holda raqamli formatda faoliyat yuritadigan dastlabki mahalliy bankdir.

Yangi formatdagi bankni tashkil etish bank sohasidagi ko‘p yillik tajribasiga ega novatorlar guruhining asosiy maqsadi bo‘ldi. Ular o‘z tajribasini xozirgi kunda islohotlarning faol bosqichida bo‘lgan sohaga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga yo‘naltirdi. Moliyaviy bozorga yangilik kiritish istagida Anorbank mijoz va bank o‘rtasidagi munosabatlarning an'anaviy modelini tubdan o‘zgartirish vazifasini o‘z oldiga qo‘ydi.

Anorbank innovatsion chakana bank maxsulotlarini ishlab chiqish, kichik va o‘rta biznesga xizmat ko‘rsatishning yangi formatini joriy etishga e'tibor berishni rejalashtirmoqda.

«Bankka borish kerak emas» — O‘zbekiston aholisi uchun yangi tajriba. Anorbank'da mijoz barcha bank amaliyotlarini masofadan, onlayn rejimda boshqaradi. Bank bilan barcha aloqalar mijoz uchun istalgan vaqtda va dunyoning istalgan nuqtasidan 24 soat faoliyat ko‘rsatuvchi aloqa markazi va masofadan xizmat ko‘rsatish kanallari orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, Anorbank'ning mobil vakillari mijoz uchun qulay bo‘lgan vaqtda va joyda xizmat ko‘rsatadi.

Mijoz bankka tashrif buyurish istagini bildirsa, Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida Anorbank'ning mijozlar markazi faoliyat yuritadi.

Bank xizmatlarini ko‘rsatishning bunday innovatsion modelida mijoz vaqtni tejaydi va yangi imkoniyatlarga ega bo‘ladi, Anorbank uchun esa bo‘limlarning keng tarmog‘i mavjudligi zaruriyati yo‘qoladi. Bo‘limlarsiz faoliyatni amalga oshirish operatsion xarajatlarning qisqarishiga, bu esa o‘z o‘rnida bank xizmatlari narxining pasayishiga olib keladi. 

Anorbank an'anaviy bank biznesi doirasidan chiqadigan bir qator dolzarb va yuqori talabga ega mahsulot va xizmatlar bilan bozorga kiradi. Kompleks hisob-kitob va kassa xizmatlarini ko‘rsatish, kartalarni tanlash, moslashuvchan kreditlash shartlari va boshqa imkoniyatlarni taklif qilish bilan bir qatorda, bank yangi xizmat standartlarini joriy etishga, aholi va biznesning bank xizmatlariga, shuningdek yuridik shaxslar uchun biznesni yuritish va rivojlantirish, jismoniy shaxslar uchun esa kundalik tashvishlarining bir qismini professionallar zimmasiga topshirish kabi xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va qondirishga qaratilgan ishonchli yordamchi bo‘lishga intiladi.

Bankning avtomatlashtirilgan tizimlari raqamli yechimlarni ishlab chiqishda keng tajribaga ega bo‘lgan xorijiy fintex kompaniyalar bilan birgalikda yaratilgan bo‘lib, ulardan foydalanish qulayligi va ma'lumotlar xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan. Anorbank zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or yondashuvlarni joriy qilishi, O‘zbekiston bank sohasi rivojiga yangi sur'at baxsh etishiga umid qiladi.

Bank tomonidan litsenziya olish uning tez orada ishga tushirilishini anglatadi. Keyingi bir necha oy ichida Anorbank bir qator majburiy amaliyotlarni bajarishi kerak va tez orada bank onlayn rejimiga chiqadi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid