Lukashenko Rossiya va Belarusning dunyoda do‘stlari kamligini aytdi
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin bilan uchrashuvda «pandemiyadan shokka tushgan» dunyoda Rossiya va Belarusning do‘stlari kamligini aytgan.
«Bu g‘azablangan, ayniqsa, pandemiyadan aqldan ozgan dunyoda bizning do‘stlarimiz kam. Ochig‘ini aytganda, barchaning Rossiya va Belarusga siyosiy qiziqishi mavjud. Biz o‘ziga xos munosabat bildirishimiz kerak», degan Belarus rahbari Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Uning so‘zlari «Pul pervogo» Telegram-kanalida keltirilgan, ushbu telegram kanal birinchilardan bo‘lib davlat rahbarining faoliyati to‘g‘risidagi xabarlar va videolarni nashr etadi va keyinchalik bu xabarlar rasmiy manbalarda takrorlanadi.
Narishkin Minskka payshanba kuni ertalab keldi. U e'lon qilinmagan vizit bilan tashrif buyurgan.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024