O‘zbekiston | 18:46 / 07.12.2020
7748
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchixonasida Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Ar-Riyoddagi O‘zbekiston elchixonasida Saudiya Arabistonida istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekistonning investitsion va eksport salohiyati hamda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga bag‘ishlangan taqdimot ham o‘tkazilgan.

«Shuningdek, anjuman ishtirokchilari vatan ravnaqini ta'minlashga qaratilgan loyihalarda faol qatnashishga chaqirildi. Jumladan, yurtimizga investitsiyalar kiritish, turistlar jalb etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish taklif etildi», — deyiladi xabarda.

Muloqot davomida, shuningdek, O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga mahsulotlar eksport qilishda Podshohlikning sertifikatsiya jarayoni va tomonlararo logistikaga oid mavjud muammolarni hal etish istiqbollari bo‘yicha ham fikr almashildi.

Vatandoshlarning fikriga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi transport va logistika masalalarini yengillashtirish O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga eksport hajmini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Mavzuga oid