Otabek Choriyev investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 21 apreldagi PQ-5096-son qaroriga muvofiq Otabek Choriyev investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
U bunga qadar Bojxona qo‘mitasining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan bo‘lib, bojxona xizmati polkovnigi unvoniga ega.
Otabek Choriyev 2005 yilda «Shuhrat» medali, 2020 yilda «Mardlik» ordenlari bilan taqdirlangan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining 9 apreldagi qarori bilan Baxtiyor Rahimov O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Tayinlovdan oldin B.Rahimov O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Davlat bojxona qo‘mitasida turli lavozimlarda ishlab kelgan.
Mavzuga oid
16:12 / 05.01.2024
Investitsiyalar vazirligi xodimi fuqaroni AQShga yuborishini aytib pul olayotganda ushlandi
18:51 / 28.09.2023
Investitsiya vazirining ikki o‘rinbosari ishdan bo‘shatildi
07:46 / 25.05.2022
Xitoy O‘zbekistonga ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun 37,5 million dollar ajratdi
16:02 / 26.04.2022