Buxoroda bankka garovga qo‘yilgan mulklarni sotib yuborgan MChJ rahbariga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Buxoroda kredit mablag‘ining garov ta'minoti sifatida qo‘yilgan mulklarni sotib yuborgan MChJ rahbariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, «A.B.» MChJ rahbari R.N. bankdan ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun ajratilgan kreditning garov ta'minoti sifatida turgan 6 ta ko‘chmas mulkni boshqa fuqarolarga jami 854,2 million so‘mga naqd pulga sotib yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, u ushbu pul mablag‘larini jamiyat hisobraqamiga kirim qilmasdan, jami 501 million so‘mlik qarzdorligini to‘lashdan bo‘yin tovlab, MChJni qasddan bankrotlik holatiga olib kelgan. Oqibatida jamiyat va davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) va 233-moddasi (band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
11:28 / 26.10.2024
Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
13:34 / 13.10.2024
Andijonda sobiq xotinining uyatli suratlarini internetda tarqatgan erkakka jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
10:38 / 13.10.2024