Buxoroda o‘zini qurilish tashkiloti rahbari deb tanishtirib, pora olgan shaxs ushlandi
Buxoro shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda o‘zini qurilish tashkiloti rahbari deb tanishtirib, pora olgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan O‘.B. qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, u o‘zini «Vobkent Binokor Invest» MChJ rahbari deb tanishtirib, fuqaro S.J.ning ishonchiga kirib aldagan. Uni ushbu MChJning ijrochi direktori lavozimiga tayinlash va qurilish obektlarini tanlov asosida olib berishda amaliy yordam berishini aytib, bu uchun Buxoro shahar moliya bo‘limida ishlovchi tanishlariga 400 AQSh dollari berishi kerakligini bildirgan. So‘ng, Buxoro shahrida joylashgan savdo majmuasi avtoturargohida S.J.dan kimyoviy ishlov berilgan 400 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan O‘.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:34
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
21:14 / 22.10.2024