O‘zbekiston | 11:07 / 14.07.2021
2805
2 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda firibgarlik qilgan o‘qituvchi va uning sherigiga jinoyat ishi ochildi 

Buxoroda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan universitet o‘qituvchisi va uning sherigi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, fuqaro S.A. Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi B.O‘. bilan oldindan til biriktirib, fuqaro R.ni vakolatli tanishlari orqali ushbu ta'lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan. Departamentning Buxoro shahar bo‘limi hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlar ushbu “xizmati” uchun fuqaro Sh. orqali 4 000 dollar olganda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Oldinroq Buxoro davlat universiteti maktabgacha ta'lim kafedrasi o‘qituvchisi fuqaroni magistratura yo‘nalishiga o‘qishga kiritish uchun 2 500 dollar olayotganda ushlangandi

Mavzuga oid