Qibray tumanida qalbaki hujjatlar orqali o‘zganing uyini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar aniqlandi
Toshkent viloyati Qibray tumanida qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlash orqali o‘zganing uyini sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro F.U. va boshqalar oldindan til biriktirib, tuman hududida joylashgan fuqaro N.E.ga tegishli uy ancha vaqt davomida qarovsiz qolganligidan va hech kim yashamayotganligidan foydalanib, F.U.ni otasining nomiga qalbaki kadastr hujjatlarini tayyorlashib, 180 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganliklari aniqlangan.
«Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
07:46 / 07.11.2024
IIBB internetda firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj olgani haqida ogohlantirdi
19:06 / 01.11.2024
Kiberxavfsizlik markazi Telegram orqali tarqalayotgan viruslardan ogohlantirdi
16:01 / 28.10.2024
Qibrayda bepul tibbiy ko‘rik uchun o‘qituvchilardan pul olinayotgani aytilmoqda
21:14 / 22.10.2024