O‘zbekiston | 16:23 / 14.08.2021
1879
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda o‘qishga kiritishini aytib fuqarodan pul olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Termiz shahrida xorijdagi oliy ta'lim muassasasiga kiritishini aytib, fuqarodan pul olgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 3 avgust kuni Termiz shahrida Sherobod tumani Oqtepa mahallasida yashovchi, J.Islom Termiz shahar 1-son IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 2018 yil aprel oyida, Termiz shahrida yashovchi tanishi K.Xushnud uni Koreyadagi oliygohga o‘qishga kiritishni va'da berib, 3 700 AQSh dollarini olib, o‘zlashtirib ketganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, joriy yil 3 avgust kuni K.Xushnudga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid