Termizda MChJga tegishli 41,3 million so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Termiz shahrida MChJga tegishli 41,3 million so‘mni o‘zlashtirgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 11 dekabr kuni, Termiz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shaharning Do‘stlik mahallasida yashovchi MChJ rahbari J.Javohir shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan.
U arizasida 2021 yil 21 sentyabr kuni shaharning Gulira’no mahallasida yashovchi, MChJda mahsulot yetkazib beruvchi N.Nodir uning ishonchiga kirib, 41,3 million so‘m pullarini korxona hisobiga kirim qilmasdan o‘zlashtirib yuborganini bildirgan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni N.Nodirga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:28 / 26.10.2024
Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
19:30 / 14.10.2024
«Tolibon» O‘zbekistondan «Termiz» chegara bozorida musiqa qo‘ymaslikni so‘radi – OAV
13:34 / 13.10.2024