Sirdaryoda haydovchini idish bilan tekshirgan YPX xodimiga hayfsan intizomiy jazosi qo‘llandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida YPX xodimi haydovchining mast qiluvchi ichimlik ichgan yoki ichmaganini idish orqali aniqlamoqchi bo‘lgani haqidagi xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududida YPX xodimi O.Egamberdiyev Lacetti mashinasini to‘xtatgan. So‘ng haydovchi spirtli ichimlik ichgan yoki yo‘qligini bir marotaba foydalaniladigan idish orqali tekshirmoqchi bo‘lgan. Holat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Sirdaryo viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan O.Egamberdiyevga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.
Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xizmati mobaynida «Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom» hamda ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzgani uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX inspektori O.Egamberdiyevga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanishi belgilangan.
Mavzuga oid
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
17:02 / 12.11.2024
Piskentda haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida qariyb 16 ming tup olxo‘ri daraxti yonib ketdi
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
07:30 / 05.11.2024