Jahon | 12:54 / 19.01.2022
6696
1 daqiqa o‘qiladi

Angela Merkel BMTda ish boshlashi mumkin - OAV

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishdan ushbu xalqaro tashkilotda ishlash taklifini oldi.

Foto: Emmanuele Contini / NurPhoto via Getty Images

OAV xabariga ko‘ra, Guterrish Merkelga «global jamoat farovonligi bo‘yicha yuqori darajadagi maslahat organiga rahbarlik qilish»ni taklif qilgan.

Qayd etilishicha, BMT bosh kotibi o‘z maktubida Germaniyaning sobiq kansleriga tegishli taklif yuborgan. Merkelning javobi haqida ma’lumot berilmagan. 

Jamoat farovonligi bo‘yicha global maslahat kengashi Guterrishning BMT bosh kotibi sifatidagi ikkinchi muddatida BMTni isloh qilish bo‘yicha asosiy loyihalaridan biridir. 

O‘tgan yilgi hisobotida u «sobiq rahbarlar raisligidagi yuqori darajadagi maslahat organidan boshqaruvni takomillashtirish zarurati yuqori bo‘lgan global jamoat farovonligi va umumiy manfaatlarning boshqa sohalarini aniqlashni» so‘rashini yozgandi. 

Ayni paytda, Merkelning bu taklifni qabul qilishi ehtimoli past deb hisoblanmoqda. 

Mavzuga oid