Avtomobil benzinining sotilish hajmi 1,8 barobarga oshgan
Birja savdolarida yuqori likvidli mahsulotlarning sotilish hajmi 1,5 barobarga ko‘paygan.
7 fevral – 13 fevral kunlari «O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi»da yuqori likvidli mahsulotlarning sotilish hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga ko‘paygan. Xususan, avtomobil benzini sotilishi 1,8 barobarga, mis katodi va suyultirilgan gaz sotilishi 1,4 barobarga, qora metallar prokati sotilishi 1,2 barobarga oshgani qayd etilgan.
Bojxona statistikasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning 7 fevral – 13 fevral kunlari tovarlar eksport hajmi 174,7 mln dollarni, import hajmi esa 599,9 mln dollarni tashkil qilgan.
Kuzatilayotgan ushbu davrda tovarlar eksporti hajmining 75,7 foizi asosiy 5 ta tovarlar guruhiga to‘g‘ri kelib, jami 132,2 mln dollarni tashkil qilmoqda (Xususan, 38,5 mln dollarlik metall va metall buyumlar, 35,6 mln dollarlik kalava ip, 32,5 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari, 15,4 mln dollarlik meva-sabzavot mahsulotlari va 10,2 mln dollar miqdordagi plastmassa va undan tayyorlangan buyumlar).
Import mahsulotlari guruhida esa eng katta ulushga ega bo‘lgan 5 ta tovarlar hajmi 335 mln dollarni tashkil etdi. Bular:
Texnologik asbob-uskunalar (81,9 mln dollar), metall va metall buyumlar (76,3 mln dollar), transport va uning ehtiyot qismlari (73,4 mln dollar), neft va neft mahsulotlari (52,7 mln dollar) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (50,8 mln dollar).
Hududlar kesimida eng yuqori inflatsiya darajasi Samarqand (0,07 foiz), Namangan (0,06 foiz) va Toshkent (0,06 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.
Mavzuga oid
17:26 / 06.11.2024
Propan 5 oyda qariyb 2 barobarga, AI-80 benzini esa yillik nisbatda 26 foizga qimmatlashdi
07:30 / 04.11.2024
Toshkentdagi yana uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
07:40 / 30.10.2024
Toshkent shahridagi ayrim AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
12:30 / 24.10.2024