O‘zbekiston | 14:29 / 23.05.2022
15704
1 daqiqa o‘qiladi

Qurilish vaziri o‘rinbosarlaridan biri lavozimidan ozod etildi

Foto: Kun.uz

Nasrulla Boboyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Telegram’dagi «Nigoh» kanali xabar bermoqda.

Hozircha uning keyingi faoliyati hamda vazirlikda uning o‘rnini kim egallashi haqida ma’lumot yo‘q.

Nasrulla Boboyev 2021 yilning martida prezidentning tegishli qaroriga asosan qurilish vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

  • Qurilish vazirligi 2018 yil aprelida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda vazirlikka Botir Zokirov rahbarlik qilmoqda. Qurilish vazirligida to‘rtta o‘rinbosarlik o‘rni mavjud: birinchi o‘rinbosar Davronjon Odilov, o‘rinbosarlar Shukrullobek Jahongirov, O‘ktam To‘rayev va Nasrullo Boboyev (sobiq).

Mavzuga oid