O‘zbekiston | 09:21 / 05.11.2022
5173
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar vaziri Jamshid Xo‘jayevning Xitoy Milliy kimyo muhandislik korporatsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari, bosh direktori va boshqaruv kengashi a’zosi Ven Gan bilan Xitoy korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo

Ikki tomonlama savdoning o‘sishi 2021 yilda 7,4 milliard dollardan oshgani hamda joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 6,8 milliard dollarga yetgani ta’kidlandi

Tomonlar investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish sohasida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning o‘sib boruvchi xususiyatini ta’kidlashdi. So‘z neft-gaz, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika, agrar tarmoq, yengil sanoatda loyihalarni amalga oshirish haqida bormoqda, bu O‘zbekiston iqtisodiyotini texnologik jihatdan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni jadallashtirishga turtki beradi.

Korporatsiyaning “yashil” energetika, transport, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar joriy kelishuvlarni amalga oshirish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirdi.

Mavzuga oid