Samarqandda fuqaroni katta pul evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Firibgar fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQShga yuborish evaziga 25 ming dollar so‘ragan.
Samarqand viloyati DXX va IIB xodimlari hamkorligida noqonuniy migratsiya va odam savdosiga qarshi kurash yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaroni 25 ming dollar evaziga AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, 1994 yilda tug‘ilgan Samarqand shahrida yashovchi X. S. fuqaroning ishonchiga kirib, uni Meksika orqali AQShga yuborish evaziga 25 ming dollar so‘ragan.
U hujjatlarni rasmiylashtirish uchun oldindan 10 ming AQSh dollarini olayotganda ushlandi.
Ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
21:20 / 07.11.2024
Tramp tarafdorlari AQShdan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda – OAV
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024