Jahon | 21:42 / 18.01.2023
10145
2 daqiqa o‘qiladi

Amazon yana dunyodagi eng qimmat brendga aylandi 

Jyeff Bezosning elektron tijorat kompaniyasi Apple’ni ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi. 

Foto: Getty Images

Brand Finance konsalting kompaniyasining yangi hisobotiga ko‘ra, Amazon yana dunyoning eng qimmat brendlari ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqdi va Apple'ni ikkinchi o‘ringa tushirdi. 

Jyeff Bezosning kompaniyasi bir yilda 51 milliard dollar qiymatini yo‘qotganiga qaramay, hamon ustuvorligini saqlab turibdi. Amazon kompaniyasining hozirgi qiymati 299,3 mlrd dollarga baholangan. 

Apple brendi qiymati 16 foizga tushib, 297,5 milliard dollarni tashkil qildi. 

Uchinchi o‘rinda Google (281,4 milliard dollar), keyingi o‘rinlarda Microsoft (191,6 milliard dollar) va Walmart (113,8 milliard dollar) joylashgan. 

Brand Finance ro‘yxatidagi 500 ta brend ichida Amerika kompaniyalari ko‘pchilikni tashkil qiladi – 201 ta. Shuningdek, Xitoy 71 ta, Yaponiya 32 ta, Fransiya 31 ta, Britaniya 25 ta va Germaniya 24 ta kompaniyaga ega. 

Dunyoning eng qimmat brendlari (mlrd $):

299,3 – Amazon (AQSh), chakana savdo

297,5 – Apple (AQSh), chakana savdo

281, 4 – Google (AQSh), media

191,6 – Microsoft (AQSh), texnologiyalar

113,8 – Walmart (AQSh), chakana savdo

99,7 – Samsung (Janubiy Koreya), texnologiyalar

69,5 – ICBC (Xitoy), banklar

67,4 – Verizon (AQSh), telekommunikatsiyalar

66,2 – Tesla (AQSh), avtomobilsozlik

65,7 – TikTok (Xitoy), media. 

Mavzuga oid