Jahon | 13:27 / 27.05.2023
13734
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina OAV: Valeriy Zalujniy qarshi hujum boshlanganiga ishora qildi

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy o‘zining Telegram-kanalida «O‘zimiznikini qaytarish vaqti keldi» videoroligini e’lon qildi, u ko‘plab ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqaldi. 

Foto: BMV

Videoda ukrainalik askarlar jangovar qasamyod keltirib, jangga tayyorgarlik ko‘rayotgani aks etgan. Video so‘nggida vatandoshlarga Ukraina Qurolli kuchlari safiga qo‘shilishga chaqiruv bor

Ukraina ommaviy axborot vositalari ushbu videorolikni qarshi hujum boshlanishiga ishora sifatida baholadi. 

Rossiya uzoq vaqt davomida Yevropa xavfsizligiga tahdid bo‘lib qoladi, dedi Gerhard Shryoderning sobiq tarafdori, Germaniya sobiq tashqi ishlar vaziri Yoshka Fisher. 

«Xavfsizlik faqat Rossiya bilan mumkin» degan eski formula endi ishlamayapti, endi «Rossiyadan himoyalanish» ancha muhimroq», dedi u 27 may kuni Tagesspiegel nashriga bergan intervyusida. 

Fisherning fikricha, kelajakda Ukraina Yevropa xavfsizligi masalasida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. «Ukrainaning o‘rni - Yevropa Ittifoqida, shuningdek, NATOda», - deya ta’kidladi u. Agar ittifoqning bir qismi bo‘lsa, Ukraina uchun xavflar kamayadi, deb qo‘shimcha qildi siyosatchi. 

Shu bilan birga, uning tan olishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi «alamli sulh va hech bir tomonni qoniqtirmaydigan hududiy murosalar» bilan yakunlanadi.

Mavzuga oid