Jamiyat | 17:08 / 06.07.2023
14834
4 daqiqa o‘qiladi

OKMKni rivojlantirish istiqbollari namoyish etildi

Joriy yilning 6 iyul kuni Olmaliq shahrida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining uzoq muddatli rivojlantirish istiqbollari" mavzusida forum bo‘lib o‘tdi.

Foto: OKMK axborot xizmati

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida tashkil etilgan mazkur forumda 200 dan ziyod ishtirokchilar, jumladan, 50ga yaqin kombinatning xorijiy biznes hamkorlari qatnashishdi.

Forumni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining rivojlantirish istiqbollari va yo‘nalishlari, amalga oshirilgan islohotlar, potensial investitsiya imkoniyatlarini namoyish etish hamda xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashdan iboratdir.

Rasmiy ochilish marosimida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruv raisi A.X.Xursanov so‘zga chiqdi.

Boshqaruv raisi tomonidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati, infratuzilma obektlari, hamda istiqbolli loyihalari va amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ochilish marosimida shuningdek, “JPMorgan” bankining ijrochi direktori Yungxa Kim, “Glencore” kompaniyasining xaridlar bo‘yicha direktori Mariya Samoylova, “Falk Porsche” kompaniya ta’sischisi Falk Porshe O‘zbekistonning geografik joylashuvi, yaqin va uzoq sharq va g‘arb davlatlari bilan erkin savdo rejimlari, GSP+ benefitsiari maqomi, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish ishlari, boy xomashyo resurslari hamda qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirishdi va uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlarining takliflarini berishdi.

 “O‘zbekiston biznes uchun qulay sharoitga ega mamlakatlardan biri.  Tabiiy boyliklari, kuchli ishlab chiqarish, intellektual salohiyat va mehnatsevar xalqi bilan O‘zbekiston katta yutuqlariga erishishiga ishonamiz.

Biz Olmaliq kon metallurgiya kombinati bilan zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish quvvatlarini bunyod qilishda hamkor bo‘lganimizdan mamnunmiz.

Bugungi forumda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Hamkorlik doirasida bir qator loyihalarimiz bilan tanishtirdik. O‘ylaymanki, ularni birgalikda amalga oshiramiz”,- deya ta’kidladi forumda ishtirok etgan “Falk Porsche” JV Ltd kompaniyasining ta’sischisi Falk Porshe. 

 Forum doirasida “B2B” muzokaralari va “Kon-metallurgiya sanoatida raqamli transformatsiya”, “Kombinatda istiqbolli loyihalar va chiqindilarni qayta ishlash,” “Kon-metallurgiya sanoatida tog‘ kon-metallurgiya va yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etish”, “Tog‘-kon sanoatida barqaror rivojlanish”, “Transport sohasida zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish” mavzularida panel sessiyalari hamda loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Forumda “Deutsche Bank”, “KfW-IPEX Bank”, “Siemens”, “Zippelin”, “PWC”, “Ernst & Young”, “KPMG”, “SAP”, “Terralink”, “Aveva”, “Datamine”, “Tsifra”, “Noventiq Worley”, “K&K Gold GROUP”, “Sebine Technology”, “Sepro mineral system”, “Me SOLUTIONS GP”, “ABM Anlagenbau und Maschinentechnik”, “Xingtai ME Mining Equipment”, “RWS optimum”, “UET Consulting”, “CRRC Dalian” va boshqa ko‘plab yirik xorijiy kompaniyalar mintaqaviy rahbarlari va vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuvlar va panel sessiyalar yakunlariga ko‘ra, kombinatning xorijlik hamkorlari yaqin ishbilarmonlik aloqalari doirasidagi kelgusidagi ishlarni davom ettirish, qisqa va o‘rta muddatli istiqbolda hamkorlik yo‘nalishlarini shakllantirishdan manfaatdorligini bildirishdi.

 OKMK axborot xizmati

Mavzuga oid