Jamiyat | 18:05 / 03.08.2023
14362
2 daqiqa o‘qiladi

Uzum Market 1 oy ichida milliondan ortiq buyurtmani yetkazib, yangi rekord o‘rnatdi

Foto: Uzum Market

Uzum Market logistika infratuzilmasini rivojlantirish tufayli yirik shaharlar va kichik aholi punktlari aholisi qulay narxlarda tovarlarning keng assortimentini xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda — hozirda O‘zbekistonda 230 dan ortiq Uzum Market buyurtmalarini tarqatish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

— Biz millionlab o‘zbekistonliklarning odatlari ko‘z o‘ngimizda o‘zgarib borayotganini kuzatib boryapmiz. Agar bir yil oldin shoping bozorda aylanib yurish bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda Uzum Market mamlakat aholisining qalbi va smartfonlarida o‘z o‘rnini mustahkam egallab turibdi, — deydi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.

— Bir yildan kamroq vaqt ichida biz O‘zbekiston bozori uchun ulkan infratuzilma qurdik va uni kengaytirib boryapmiz. Sentyabr oyida 18 ming kvadrat metr maydonga ega yangi omborimiz o‘z faoliyatini boshlaydi va kelgusi yilning boshida biz birinchi navbatda O‘zbekistondagi yirik logistika markazini ishga tushiramiz. Bu mamlakatning oddiy aholisi uchun nimani anglatadi? Ular yuz minglab mahsulotlardan tanlashlari va ertasi kuni buyurtmalarini olishlari kafolatlangan. Hatto 10 ming kishidan kam aholisi bo‘lgan aholi punktlarida ham.

Iyul oyida Uzum Market milliy marketpleysi mamlakatdagi yirik bo‘lgan 150 ming kvadrat metr maydonga ega logistika markazi qurilishi boshlanganini e’lon qildi. Yil oxirigacha marketpleys butun mamlakat bo‘ylab buyurtma tarqatish punktlari tarmog‘ini 400 tagacha kengaytirishni va shu bilan birga Uzum Market’dagi tovarlar assortimenti 800 ming noyob tovar pozitsiyasidan oshirishni rejalashtirmoqda.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid