O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi vaziyat normal holatga qaytdi - Tojikiston bojxonasi
Tojikiston bojxonasi katta tirbandlik yo‘qligini ma’lum qildi.
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi tirbandlik bartaraf etildi, chegara avvalgidek ishlamoqda. Bu haqda Tojikiston bojxonasiga tayanib Asia-Plus xabar berdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatidagi «Sariosiyo» chegara bojxona postida 19 sentabr kuni boshlangan tirbandlik 5 kilometrga cho‘zilgan va haydovchilarni Tojikistonga kirish uchun ruxsatni kutishga majbur qilgan.
Yuk mashinasi haydovchilari va tadbirkorlar «Sariosiyo» bojxona postidan olingan fotosurat va videolarni ommaviy axborot vositalariga yuborish orqali noroziligini bildirishgan. Tirbandlik nima sababdan yuzaga kelgani ma’lum emas.
«Bojxona chegarasidan olib o‘tilayotgan barcha tovar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratidan o‘tishi shart, bojxona huquqbuzarliklarining oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llanilishi mumkin», deyiladi Tojikiston bojxonasining nashr so‘roviga bergan javobida.
Tojikiston bojxona xizmati bu nimani anglatishini va nima uchun chegarada tirbandlik mavjudligini tushuntirmagan.
Qayd qilinishicha, Tojikiston bojxona xizmati O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida tirbandlik bilan bog‘liq vaziyat muvaffaqiyatli bartaraf etgan. 28 sentabrdan vaziyat normallashgani aytilmoqda. Shuningdek, Tursunzoda shahridagi viloyat bojxona boshqarmasiga qarashli «Do‘sti» bojxona postida ham transport vositalari yig‘ilib qolgani yo‘q.
Mavzuga oid
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024
Rog‘un GESdagi avariya oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
23:41 / 13.11.2024