O‘zbekiston hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizom yangi bob bilan to‘ldirilmoqda
Nizomga chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibini belgilovchi bob qo‘shiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Yaylov yerlardan foydalanish sohasidagi qonunchilik hujjatlari takomillashtirilgani munosabati bilan O‘zbekiston hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi nizom chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan foydalanish tartibini belgilovchi bob bilan to‘ldirilmoqda.
Chegaraoldi zonasida va chegaraoldi mintaqasidagi yaylov yerlardan Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan bir yilda bir marotaba shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan shaxslar foydalanishi mumkin.
Shakllantirilgan ro‘yxat DXX Chegara qo‘shinlari va ichki ishlar organlariga yuboriladi.
Yerdan foydalanish ijara huquqi asosida amalga oshiriladi, mollarni o‘tlatishga faqatgina kunduz kuni ruxsat beriladi.
Shaxs yerdan foydalanish huquqini yo‘qotganda qo‘mita 10 kunlik muddat ichida DXX Chegara qo‘shinlari va ichki ishlar organlarini xabardor etadi.
Mavzuga oid
09:30 / 28.10.2024
Bryansk gubernatori chegarani yorib o‘tishga urinish haqida ma’lum qildi
08:10 / 24.10.2024
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin
13:50 / 12.10.2024
YeI avtomatlashtirilgan chegara tizimini ishga tushirishni kechiktirdi
21:27 / 09.10.2024