O‘zbekiston | 13:36 / 17.01.2024
3874
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda Ai-80 markali benzinni Ai-95 deb sotgan AYoQShlar aniqlandi

Viloyat hokimligi tarqatgan xabarda mijozlarni aldagan AYoQShlar egalariga qanday chora ko‘rilgani haqida hech narsa deyilmagan.

Surxondaryo viloyatida Ai-80 markali benzinni Ai-95 deb sotgan AYoQShlar aniqlangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, viloyat hududlarida joylashgan AYoQShlarda o‘rganishlar o‘tkazilgan. O‘rganishlar davomida ayrim zapravkalarda Ai-80 markali benzini Ai-95 markasida ko‘rsatilib, qimmat narxlarda sotilayotgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda viloyat hokimining tegishli ko‘rsatmasi bilan mazkur holatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“Hurmatli iste’molchilardan avtobenzin xarid qilishda e’tiborli bo‘lishlarini, yuqoridagi kabi holatlarga duch kelgan taqdirda huquqni muhofaza qiluvchi yoki soliq organlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Andijon viloyatida Ai-80 markali benzinni Ai-92 yoki Ai-95 deb sotayotgan AYoQShlar aniqlangandi.

Mavzuga oid