Jahon | 21:55 / 11.05.2024
14295
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya tarixdagi eng katta yordam paketi Ukrainaga topshirilishini e’lon qildi

Moliyalashtirish miqdori 500 million funt sterlingni tashkil qiladi.

Foto: Andrew Linnett

Buyuk Britaniya Ukrainaga tarixdagi eng yirik harbiy yordam paketini taqdim etmoqda. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar berdi.

«Buyuk Britaniya 500 million funt sterling miqdoridagi harbiy mablag‘ bilan bir qatorda hayotiy muhim jihozlar: 4 million o‘q-dori, 1600 dan ortiq raketa, 400 ta mashina, jumladan, 160 ta Husky rusumli avtomobilni taqdim etmoqda», deyiladi bayonotda.

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Ukraina Buyuk Britaniyadan 500 million funt sterling miqdorida qo‘shimcha harbiy mablag‘ olishini ma’lum qilgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuvi chog‘ida bunday tashabbus uchun minnatdorchilik bildirdi.

2024 yil yanvarida Ukraina va Buyuk Britaniya xavfsizlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak Britaniya va Ukraina o‘rtasidagi yangi xavfsizlik kelishuvi ikki davlat o‘rtasidagi «100 yil yoki undan ko‘proq» davom etadigan hamkorlik uchun asos bo‘lishini aytdi.

Mavzuga oid