O‘zbekiston | 07:29 / 21.05.2024
4203
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik yuk avtomobili haydovchilari Vengriyaga ishga yuborilishi mumkin

Vengriyaning Bi-Ka Ltd. Logistics kompaniyasi o‘zbekistonlik yuk avtomobili haydovchilarini ishga jalb qilmoqchi.

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonlik haydovchilar Vengriyaga ishga yuborilishi mumkin, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi. 

20 may kuni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati hamda Vengriyaning Bi-Ka Ltd. Logistics kompaniyasi vakillari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Unda o‘zbekistonlik yuk avtomobili haydovchilarini mazkur davlatga ishga jalb qilish masalalari muhokama etildi.

Mavzuga oid