Jamiyat | 19:26 / 08.06.2024
8494
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent aeroportida ayollarni fohishalik qilish uchun Turkiyaga yuborayotgan shaxs ushlandi
U ayollarga daromadli ish topib berishni va’da qilgan.
Toshkent xalqaro aeroportida odam savdosi bilan bog‘liq holatga chek qo‘yildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22-43 yosh orasidagi to‘rt nafar ayolni fohishalik bilan shug‘ullantirish uchun Turkiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan. U ayollarga daromadli ish topib berishni va’da qilgan va Toshkent-Istanbul aviareysi orqali Turkiyaga yuborayotganida ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:30
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024
Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
09:54 / 20.09.2024