Germaniya kansleri: Berlin Rossiyaga qarshi sanksiyalarni bloklamayapti
Olaf Shols Germaniya va Vengriya o‘rtasidagi taqqoslashni rad etib, Berlin Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni to‘sib qo‘ymasligini ta’kidladi. Germaniya kansleri fikricha, YeI choralari nemis kompaniyalari faoliyatiga xalaqit bermasligi kerak.
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi bo‘yicha bahsda Germaniya kansleri Olaf Shols Yevropa kompaniyalarining jazolarni buzgani uchun javobgarligi to‘g‘risidagi bandni bekor qilishni talab qilayotgan Berlin pozitsiyasini tasdiqladi. Shu bilan birga, Shols Germaniya yangi sanksiyalar qabul qilinishiga to‘sqinlik qilayotgani haqidagi da’volarni rad etdi. «Yo‘q, biz ularga to‘sqinlik qilmayapmiz», dedi u 15 iyun, shanba kuni Italiya janubida bo‘lib o‘tgan «Yettilik guruhi» (G7) sammiti doirasida ZDF telekanaliga bergan intervyusida.
Germaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar bo‘yicha «intensiv ish» jarayon boshqa ishtirokchilari bilan birgalikda, xususan, Germaniya sanoati vakillari bilan kelishilgan holda olib borilmoqda.
Olaf Shols Berlindagi rasmiylarning pozitsiyasini eksportga yo‘naltirilgan Germaniya iqtisodiyotiga Rossiyada bo‘lmasligi kerak bo‘lgan tovarlarni boshqa mamlakatlarga eksport qilishni davom ettirish imkoniyatini taqdim etish istagi bilan izohladi. Welt telekanaliga bergan intervyusida kansler kompaniyalar faoliyatiga xalaqit bermaydigan yechimlar zarurligini aytdi. «Bu amaliy masala, prinsipial emas», - deya ta’kidladi u.
Shols: Germaniya - yangi Vengriya emas
Shu bilan birga, Shols Germaniya va Vengriya o‘rtasidagi yangi sanksiyalar paketini qabul qilish bo‘yicha taqqoslashni rad etdi. Yevropa Ittifoqi rasmiylaridan birining «Germaniya, bu avvalroq Rossiya Federatsiyasiga qarshi Yevropa sanksiyalari qabul qilinishiga va Kiyevga yordam ko‘rsatilishiga bir necha bor to‘siq qo‘ygan yangi Vengriya» degan bayonotiga izoh berar ekan Olaf Shols, «bu chiroyli, lekin butunlay bema’ni ibora», dedi.
Bir kun oldin Reuters agentligi Germaniyaning pozitsiyasi tufayli Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi 14-sanksiya paketi bo‘yicha kelisha olmagani, u, xususan, Rossiya suyultirilgan gazini qayta yuklashni taqiqlashni o‘z ichiga olgani haqida xabar bergan edi. Berlinning e’tirozlari nemis sanoatiga potensial ta’sir ko‘rsatishi sababli shu’ba korxonalar javobgarligi to‘g‘risidagi bandga tegishli edi.
Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘yicha Shveytsariyadagi tinchlik sammiti boshlanishidan oldin yangi sanksiyalarni ma’qullashini e’lon qilishi kutilgandi. Rossiyaga qarshi jazo choralarining navbatdagi muhokamasi 19 iyunga belgilangan.
Mavzuga oid
14:56
Ijrosini 11 yil kutgan “hukm”: 18 yoshli chechen qizni zo‘rlab o‘ldirgan rossiyalik zobit taqdiri haqida
22:10 / 16.11.2024
Abxaziyada to‘polon: mahalliy aholi Rossiya bilan kelishuvdan norozi
20:17 / 16.11.2024
Sanksiyalar Rossiyaning yirik gaz loyihasini cho‘ktirib yubormoqda - OAV
18:18 / 16.11.2024