Jahon | 13:00 / 19.10.2024
2039
2 daqiqa o‘qiladi

G‘azoga 3 oy ichida birinchi marta havodan gumanitar yordam tashlandi

Qutilarning bir qismi ko‘chirilgan falastinliklarning chodirlari ustiga tushgan, qurbonlar bor.

G‘azo sektoriga iyul oyi o‘rtalaridan beri birinchi marta gumanitar yordam solingan konteynerlar tashlandi.

Bu haqda «Anadolu» muxbiriga guvohlar ma’lum qildi.

Ularga ko‘ra, insonparvarlik yordami kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan samolyotlardan eksklav janubidagi Xon-Yunus shahriga tashlangan.

Qayd etilishicha, qutilarning bir qismi ko‘chirilgan falastinliklarning chodirlari ustiga tushgan, qurbonlar bor.

Yaqin Sharqdagi keskinlashuv

2023 yil 7 oktyabr kuni ertalab Hamasning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.

Hamasning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan. Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida Hamasga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.

Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 41 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.

Mavzuga oid