O‘zbekiston | 11:10
966
2 daqiqa o‘qiladi

Fermer xo‘jaligi 382 mln so‘mlik qum-shag‘al aralashmasini qazib olgani aniqlandi

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida foydali qazilmalarni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holatlari fosh etildi. 

Foto: Prokuratura departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, Muborak tumanidagi “J.” fermer xo‘jaligi rahbari F.B. va boshqalar xo‘jalikka qarashli yer maydonida noruda foydali qazilma hisoblangan tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olgan

Natijada davlat va jamiyat manfaatlariga 676,1 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, fuqaro S.Yu.ga ushbu yer maydonidan qum qazib olishga ruxsatnoma olib berishi evaziga 100 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. 

Bundan tashqari, “R.U.” MChJ va “M.R.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari Payariq tumani, “Tomoyrot” MFY hududidagi yer maydonlaridan qum-shag‘al aralashmasini o‘zboshimchalik bilan qazib olgan. 

Oqibatda davlat va jamiyat manfaatlariga 382,8 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish), 229-moddasi (o‘zboshimchalik) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid