Jamiyat | 18:20 / 19.08.2016
18706
2 daqiqa o‘qiladi

Shvartsenegger: Qabrga kirguncha o‘z ustingizda ishlang

Foto: © EPA

Dunyoga mashhur amerikalik aktyor Arnold Shvartsenegger Hongkong aholisiga shaxsiy barkamollikka erishishda muvozanatga rioya etishni maslahat qildi. Uning fikricha, jismoniy va aqliy rivojlanishni bir maromda olib borish muhimdir. 

Hollivud yulduzi Xitoyning maxsus ma'muriy tumaniga Classic Asia Multi-Sport Festival ("Osiyo klassik turli-tuman sport festivali")da ishtirok etish uchun kelgan. 

"Inson qabrga kirgunicha o‘z tanasi ustida ishlashi lozim. Shu bilan birga o‘zining aqliy qobiliyatlarini ham mashq qildirish ahamiyatlidir", - deb qayd etgan Shvartsenegger to‘planganlarga murojaat qilar ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, har kimda "yashash yoki kun kechirish" borasida tanlov bor.

"Siz kuniga shunday harakat qiling-ki, qechqurun oynaga qarab, o‘zingizga: "Men bugun ko‘p narsani o‘rgandim", deya oling, - deb ta'kidlagan aktyor o‘z muvaffaqiyati siri bilan o‘rtoqlashib. 

Shvartseneggerning aytishicha, u hozirgacha tonggi soat beshda uyg‘onib, sportzalda shug‘ullanadi. 


 

Mavzuga oid