Jahon | 20:11 / 29.08.2016
5199
1 daqiqa o‘qiladi

Yamandagi terakt qurbonlari soni 70 nafardan oshdi

Yaman janubidagi Adan shahrida sodir etilgan terakt oqibatida halok bo‘lganlar soni ayni vaqtga kelib 71 kishini tashkil qilmoqda. Yana 98 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga joylashtirilgan. Bu haqda Sky News Arabia xabar bergan.

Bundan avvalgi xabarlarda qurbonlar soni 60 nafarga yetgani aytilgandi.

Xudkush terrorchi avtomobilni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan harbiylar to‘planib turgan joyda portlatgan.

Bu terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Adan shahri Yaman prezidentiga sodiq kuchlarning vaqtinchalik poytaxti deb e'lon qilingan edi.

Mavzuga oid