Hindistonning 13 fuqarosi Singapurda Zika virusiga chalindi
Ma'lumki hozirda Singapurda Zika bezgagi tarqalishi kuzatilmoqda. Hindiston tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarining Singapurda Zika virusiga chalingani to‘g‘risida xabar berdi.
“Singapurdagi vakillarimizning ma'lum qilishicha, tibbiy tahlillar 13 nafar hindistonlikning Zika virusiga chalinganligini tasdiqlagan”, - deydi Hindiston TIV xodimi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Singapurda Zika virusiga yo‘liqqanlar soni chorshanba kuniga kelib 115 nafarni tashkil qilgan. Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligi Zika virusi bilan zararlanishga doir yangi holatlar yuzaga kelishi mumkinligini ta'kidlamoqda.
Zika bezgagi – maymunlarning o‘tkir infeksion kasalligi bo‘lib, u ba'zan chivinlar orqali odamlarga o‘tadi. Mazkur virus homilador ayollar uchun o‘ta xavfli hisoblanadi, zero u bilan kasallangan ayollarning tug‘ilajak farzandlari mikrotsefaliya (miya rivojlanishidagi nuqson) bilan dunyoga keladi.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024