KXDR yangi raketa dvigatelini sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy koreyaliklar Pxyonan-Pukto viloyati hududidagi Soxe poligonida yangi raketa dvigateli sinovini o‘tkazishdi.
Yonhap agentligi Shimoliya Koreya markaziy telegraf agentligi ma'lumotiga asoslanib xabar qilishicha, sinov mamlakat rahbari Kim Chen In guvohligida o‘tkazilgan.
Davlat rahbari «mamlakatdagi murakkab iqtisodiy holatga qaramay» mazkur dvigatelni yaratishga erishgan olimlar va texnologlarni maqtagan, ushbu muvaffaqiyatli sinov asosida qisqa muddatda sun'iy yo‘ldosh parvozini amalga oshirishga chaqirgan.
U shuningdek, KXDR 2 yildan so‘ng o‘zining geostatsionar sun'iy yo‘ldoshlariga ega bo‘lishi lozimligini ta'kidlagan.
Bundan oldinroq, KXDR yil oxirigacha 20ta yadro bombasi ishlab chiqara olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:14
Ukraina Kursk oblastida ilk marta KXDR askarini asirga oldi - OAV
16:21 / 25.12.2024
Rossiyadagi KXDR harbiylari: ular qanday jang qiladi va dezertirlik qilishi mumkinmi?
12:20 / 24.12.2024
NYT: KXDR qo‘shinlarini Rossiyaga yuborish g‘oyasi Pxenyandan chiqqan
19:15 / 23.12.2024