Jahon | 15:31 / 13.10.2016
14768
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Yerda ikki orol kashf qilindi

Foto: © N.Malyshev

Shimoliy flot gidrograflari Yangi Yer arxipelagi (Rossiya) tarkibida ikki orolning kashf qilinganini tasdiqlashdi. Bu haqida Shimoliy flot xizmati rahbari Vadim Serga bergan ma'lumotga asoslanib, TASS agentligi xabar berdi

"12 oktabr -  harbiy-dengiz floti (HDF) gidrograflari kuni arafasida Murmansk viloyati Mishukovo qishlog‘idagi doimiy bazasiga ortga qaytgan "Vizir" gidrografik kemasining Arktika ekspeditsiyasi yakunlari Yangi Yer qirg‘oqlaridagi Roze muzligi hududida ikki orolning kashf qilinganini tasdiqladi", - dedi Serga. 

U orollarning kattasi taxminan 400 metr uzunlikka ega ekanligiga aniqlik kiritdi. Bu orollar ilk marta joriy yilning sentabrida "Gorizont" gidrografik kemasining radarlari orqali topilgan edi. 

Yangi Yer — Shimoliy Muz okeanidagi arxipelag bo‘lib, Rossiyaning Arxangelsk viloyati tarkibiga kiradi. 

Mavzuga oid