Yorqin «uchar likopcha» videosi namoyish etildi
Rctestflight laqabi bilan tanilgan videobloger oktokopterga 1000 vatt kuchga ega Freefly Alta (sakkiz pichoqli pichoqlar) LED chirog‘ini o‘rnatdi.
U to‘plagan dizayn 90 ming lyumenda yorug‘lik oqimini chiqaradi va bu esa havodan noodatiy suratlar olishga yordam beradi. Avvalari bunga o‘xshash suratga olish uchun faqat og‘ir texnikali vertolyotdan foydalanilgan.
Bu dron batareyada bor-yo‘g‘i 10 daqiqa ishlaydi.
The Verge nashrining qayd etishicha, rctestflight o‘zining asosiy roligida drondagi fon musiqasini ovozli qo‘shiqqa almashtirib, reallikni o‘zgartirib yuboradi. Aslida bu kabi hajm va quvvatli kvadrokopter juda qattiq ovoz chiqaradi. Buni tasvirdagi videoda ham eshitish mumkin.
2015 yilda rctestflight «dunyodagi eng yorqin qo‘lda yasalgan portativ fonar» yaratgani bilan tarmoqda mashhurlik qozongandi. Aynan shu ixtironing mukammallashgan variantini u dronga biriktirgan.
Mavzuga oid
12:55 / 21.12.2024
Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
15:33 / 18.12.2024
AQShdagi sirli dronlar: ular haqida nimalar ma’lum?
16:14 / 14.12.2024
OAV: Germaniya uzra RF harbiy dronlari uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin
15:12 / 13.12.2024