Jahon | 07:47 / 21.10.2016
8090
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkongga yaqinlashayotgan dahshatli to‘fon sababli davlat muassasalari yopildi

Foto: Sam Tsang

O‘n ballik xafv darajasidan 8 ball deb belgilangan kuchli dengiz to‘foni Hongkongga yaqinlashmoqda. Shu sababli ta'lim muassasalari yopilib, aviareyslar bekor qilingan, shuningdek, fond birjasidagi savdolar to‘xtatildi deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi.

Favqulodda holatlar boshqarmalari shaharga jiddiy talofatlar yetishi hamda vayronagarchiliklar ro‘y berishini taxmin qilmoqda. 

600dan ortiq aviareys bekor qilingan yoki vaqtincha ortga surilgan. Bundan tashqari, jamoat transporti ham uzilishlar bilan ishlashi aytilmoqda. Fuqarolardan sohilbo‘yidan uzoqroq turishga va suv sporti turlari bilan shug‘ullanmaslik tavsiya qilinmoqda. 


 

Mavzuga oid