Jamiyat | 17:51 / 24.10.2016
17238
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentning Oybek ko‘chasi bo‘ylab harakat to‘liq tiklandi
24 oktabr ertalabdan Oybek ko‘chasining Nukus va Turkiston ko‘chalari bilan kesishmalaridagi harakati to‘liq tiklandi, deb xabar qilmoqda Anons.uz sayti. U avgust oyi oxirlarida fontan va o‘tirg‘ichlar o‘rnatilgan yashil hudud barpo qilish maqsadida yopilgan edi.
21 oktabrda fontan va boshqa qurilmalarni demontaj ishlari boshlangan edi. 23 oktabr, yakshanba kuni bu yerga asfalt yotqizilgan, bugundan avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
19:52
“Avtobuslar uchun 100 ta kamera”: ular Toshkentda jamoat transportiga ajratilgan alohida yo‘lakdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi
14:55
Toshkentning 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi tasdiqlandi
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024