Jamiyat | 20:28 / 31.10.2016
10136
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Xitoyda o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘smir qutqarib qolindi

Xitoyning Yunchen shahrida o‘t o‘chiruvchilar botqoq qumga botib qolgan 17 yoshli o‘smirni qutqarib qolishdi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda. 

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, o‘smir o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan va daryoga o‘zini tashlagan, biroq u sayoz suv ostida yashiringan botqoq qumga botib qolgan. Qutqaruvchilar yetib kelganda o‘smir qo‘l-oyoqlari bilan qumga botgan bo‘lgan.

Ehtiyot chorasi sifatida beliga arqon bog‘lab olgan qutqaruvchilardan biri o‘smirni qumdan tortib olmoqchi bo‘lgan, biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Yigitning o‘zi ham bunga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilgan. Shunda qutqaruvchiga hamkasblari yordamga kelishgan. Ular uyushqoqlik bilan o‘smirni qirg‘oqqa chiqarib, so‘ngra o‘zlari ham qirg‘oqqa chiqib olishgan. 

Mavzuga oid