Fan-texnika | 09:48 / 15.11.2016
9241
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy kuchliligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi magnitni yaratdi

Foto: © RIA Novosti

Xitoy kuchli magnit maydonlarini yaratish uchun kuchliligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turuvchi gibrid magnitni yaratdi. Bu haqida Sinxua agentligi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, magnit intensivligi - 400 ming gauss yoki 40 Tesla. Ushbu magnitni yaratish uchun sakkiz yil sarflandi, u Xitoy fanlar akademiyasi qoshidagi Xefey instituti tomonidan ishlab chiqqarildi. 

Dunyodagi eng kuchli gibrid magnit Florida shtatida joylashgan Kuchli magnit maydonlari milliy labaratoriyasidagi Amerika magniti hisoblanadi. Uning intensivligi 45 Teslaga baholanadi. 

Mavzuga oid