Jamiyat | 18:15 / 18.11.2016
40565
2 daqiqa o‘qiladi

Barcha davrlarning eng sara 100 surati taqdim etildi

Amerikaning Time jurnali «100 photos» (100 surat) loyihasini yo‘lga qo‘yib, uning doirasida tarixdagi eng sara suratlar ro‘yxatini tuzib chiqdi. 

Manbada yozilishicha, jurnalistlar bu ro‘yxatni tuzishda tarixchilar va fotomuharrirlarga murojaat qilishgan. Nufuz reytingi muayyan bir shaklga to‘g‘ri kelmaydi - suratlar yo o‘ziga xosligi bilan, yoki "bizning fikrlarimizni ilg‘ay olish" xususiyatiga ko‘ra ro‘yxatga kiritilgan. 

Ilk surat 1826 yilda olingan bo‘lib, u mashhur va birinchi surat hisoblangan "Deraza ortidagi Le Gra manzarasi"dir, uning muallifi - Jozef Neps. Ro‘yxatdagi oxirgi surat 2015 yilda olingan. Unda migratsiya vaqtida halok bo‘lgan suriyalik bolakay Alan Kurdiy tasvirlangan. 

"Alan Kurdiy", Nilufar Demir, 2015 yil 

"Oskar selfisi", Bredli Kuper, 2014 yil

"Xonadagi vaziyat", Pit Sauza, 2011 yil

"Maykl Jordan", Ko Rentmister, 1984 yil

"Oydagi kishi", Neyl Armstrong, NASA, 1969 yil

"18 haftalik homila", Lennart Nilson, 1965 yil

"Muhammad Ali Sonni Listonga qarshi", Neyl Leyfer, 1965 yil

"Shohona sut tomchisi", Harold Edgerton, 1957 yil

"Dovima fillar bilan", Richard Avidon, 1955 yil

"Nagasaki uzra qo‘ziqorinli bulut", Charlz Levi, 1945 yil

"Qonli shanba", H.S.Vong, 1937 yil

"Lox Ness maxluqi", noma'lum suratkash, 1934 yil

"Deraza ortidagi Le Gra manzarasi", Jozef Neps, 1826 yil

Mavzuga oid