Parij shahar hokimligi kemiruvchilarga qarshi urush e'lon qildi
Fransiya poytaxti Parij hokimiyati shahar ko‘chalari va bog‘larida to‘lib ketgan zararkunanda kemiruvchilar – kalamushlarga qarshi keng qamrovli urush e'lon qildi. Hokimiyat xabarida ma'lum qilinishicha, yaqin orada munitsipal xizmatlar bu turdagi hayvonlar sonini keskin kamaytirish maqsadida qator maxsus amaliyotlar o‘tkazadi.
"Kalamushlar sonining ortib ketishi sanitar, estetik va iqtisodiy mohiyatga ega muammolarni keltirib chiqaradi. Shu sababli, poytaxtning barcha hududini qamrab oluvchi maxsus amaliyot o‘tkaziladi", - deya axborot berishgan shahar ma'muriyatida.
Taxminlarga ko‘ra, shaharda 4 mlndan ortiq kalamush bor. Hokimlikning tan olishicha, ularning barchasini batamom yo‘qotishning iloji yo‘q. "Shu bois, hokimlik ularning sonini sezilarli kamaytirishni rejalashtirmoqda", - deyiladi ma'muriyat xabarida.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
21:29 / 22.12.2024
Dunyoga mashhur «Mona Liza»ni kim va qanday o‘marib ketgandi?
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024