Sport | 22:42 / 09.12.2016
10059
1 daqiqa o‘qiladi
Infantino durang natijalardan qutulmoqchi
FIFA prezidenti Janni Infantino jahon chempionati formati uchun yana bir taklifni bildirmoqda.
AFP xabariga ko‘ra, u guruh bosqichi o‘yinlarida durang natija bo‘lmasligini istamoqda.
U guruhlardagi yakuniy o‘yinlarda jamoalarni durang natija qoniqtiradigan vaziyat vujudga kelganida, bu vaziyat o‘yin sifatiga salbiy ta'sir qilmasligini ta'minlamoqchi.
U guruhdagi o‘yinlar durang natija bilan yakunlanganida, g‘olibni penaltilar seriyasida aniqlashni taklif qilgan.
Bu o‘zgarishlar ham JCh-2026 musobaqasidan boshlab amalga kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Infantino bundan oldinroq mundial ishtirokchilarini 48ta qilib belgilash va bu terma jamoalar 3tadan bo‘lib, 16ta guruhni tashkil etishini taklif qilgandi.