Jahon | 22:20 / 16.12.2016
12035
1 daqiqa o‘qiladi

Manba: Damashqdagi teraktni yosh bola amalga oshirgan

Foto: © RIA

Suriya poytaxti Damashqdagi politsiya bo‘limida teraktni xudkush kamarini taqqan yosh bola sodir etgan, deb xabar bermoqda Suriya ichki ishlar vazirligidagi manbaga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Midandagi (Damashqdagi tuman) teraktni amalga oshirgan xudkush yosh bola bo‘lgan, unda portlagichli kamar bo‘lgan.  Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar yo‘q, biroq og‘ir jarohat olganlar bor", deb aytgan manba.  

Avvalroq Damashqda politsiya bo‘limida portlash sodir etilgandi. 

 

Mavzuga oid