Fan-texnika | 22:35 / 21.12.2016
8974
5 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning eng yaxshi ilovalari - Fast Company versiyasi

Fast Company nashri 2016 yilning eng yaxshi ilovalari ro‘yxatini tuzdi. Undan nafaqat yangi ilovalar, balki mavjud servislardagi yangilanishlar ham o‘rin oldi. vc.ru ushbu ro‘yxat bilan bo‘lishdi. 

Manbaga ko‘ra, 2016 yil yordamchi-ilovalar yili bo‘ldi.

1. Albert

Platforma: iOS (yaqin orada — Android)

Ilova foydalanuvchining moliyaviy ahvolini nazorat qilishga yordam beradi, amalga oshirilmagan to‘lovlar haqida ogohlantiradi, xarajatlarni qisqartirish usullarini taklif qiladi.

2. Asana

 

Platforma: iOSAndroidveb

Asana loyihalarni boshqarish ilovasida 2016 yilda uni yangi darajaga olib chiqqan qo‘shimcha funksiyalar paydo bo‘ldi. Fast Company xodimi bu ilova haqida shunday deydi: "Yangi dizayn, sozlovchi satrlarning qo‘shilishi, mobil qurilmalardan oflayn kirish imkonining paydo bo‘lishi, boshqaruv imkoniyatlari va begona ilovalardan foydalanish Asana'ni yanada jonlantirdi".

3. «Google Sayohatlar»

Platforma: iOSAndroid

Ilova Gmail akkauntini tahlil qiladi va parvozlar, mehmonxonalar, avtomobillar ijarasi va restoranlarni oldindan band qilishga oid ma'lumotlarni to‘plab, sayohat rejasini tuzishga yordam beradi. 

4. Hardbound

Platforma: iOS

"Bu ilovaning mazmunini tushuntirib berish juda qiyin, chunki ilgari hech bunday ilovaga ko‘zim tushmagandi. U yangiliklarni tanlab, har bir hikoyani bo‘laklarga bo‘ladi: matnli tasvirlar voqea mohiyatini tezroq anglashga yordam beradi", deb yozadi Fast Company xodimi. 

Bundan tashqari, Hardbound "umumiy rivojlanish uchun" ham kartochkalarni hosil qiladi: Oy qanday paydo bo‘lgan, zamonaviy o‘rta ta'lim tizimi, olov nima va h.k.

5. Opera

Platforma: WindowsMacLinux

Yangilangan Opera'da shaxsiy VPN'ni bepul yaratish imkoni paydo bo‘ldi. "Agar biror xorijiy davlatda bo‘lsangiz va faqat o‘z yurtingizda bo‘lishishingiz mumkin bo‘lgan narsalar bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz yoki internetdagi harakatlaringizning boshqalarga ko‘rinmasligini istasangiz, bu juda qulay", - deb yozadi nashr xodimi Amota. 

6. PhotoScan

Platforma: iOSAndroid

Google'ning mobil qurilmalar kameralari yordamida bosma suratlarni raqamlashtiruvchi yangi ilovasi. Ishlab chiqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, PhotoScan nafaqat rasmni suratga oladi, balki "uning yaxshilangan raqamli nusxasini yaratadi". Agar Google Photo'da sizning akkauntingiz bo‘lsa, PhotoScan'dan foydalanish yanada osonlashadi. 

7. Quik

Platforma: iOSAndroid

GoPro ekstremal kameralari yaratuvchilaridan sifatli video yaratuvchi va uni tahrirlovchi ilova. Quik'dan foydalanish uchun GoPro bo‘lishi shart emas. Videoni mobil qurilmalar yoki ijtimoiy tarmoqlardan yuklash mumkin. Ilova videodan eng qiziq lahzalarni tanlab oladi va ulardan yuqori sifatli rolik tayyorlab beradi. "Sizdan faqat musiqa tanlash talab qilinadi", - deydi muallif. 

8. Revue

Platforma: veb

Blogerlar, marketologlar va PR-mutaxassislar uchun  email-jo‘natmalarni yengillashtiruvchi servis. U kontentni boshqa manbalardan (Medium, Pocket, Instagram va boshqalar) ko‘chirish, tahrirlash va uni obunachilar bazasi bo‘yicha yo‘llash imkonini beradi. "Agar obunachilaringiz soni 200 nafardan kam bo‘lsa, servis xizmatlari bepul bo‘ladi. Bunday bo‘lmagan taqdirda, servisdan foydalanish oyiga 5 dollarni tashkil qiladi", - deya izohlaydi Duga Amota. 

9. Shyp

Platforma: iOSAndroidveb

Individual tadbirkorlar, kompaniyalar va korxonalar uchun tovarlarni qadoqlash, jo‘natish va yetkazib berish narxlarini taqqoslashni tashkillashtiruvchi servis. "Narxlarni taqqoslash funksiyasi 2016 yildagina paydo bo‘ldi, shu bois hatto jo‘natadigan hech narsa bo‘lmasa ham, ilovadan foydalanishingiz mumkin", - deyiladi manbada. 

10. Spark

Platforma: iOSMac

Apple texnikasi sohiblari uchun yemail-servis. iPhone ilovasi 2015 yilda ishga tushirilgan, 2016 yilning  boshida uning iPad'ga mo‘ljallangan versiyasi chiqarildi, noyabrda esa - Mac versiyasi. "Agar siz Apple qurilmasi egasi bo‘lsangiz, bu ilova qurilmangizda albatta bo‘lishi kerak. Uning yordamida xat yozish jarayoni yanada yengillashadi, xatlarning o‘zi esa yanada yorqin tus oladi", - deb yozadi Fast Company muallifi.

Mavzuga oid