Xitoy va Turkmaniston o‘rtasida savdo aylanmasi hajmi kamaygani ma'lum qilindi
Jahon iqtisodiy inqirozi sababli oxirgi ikki yilda Turkmaniston va Xitoy o‘rtasida savdo aylanmasi hajmi kamaydi. Bu haqda Xitoyning Ashxoboddagi elchisi Sun Veydun "Neytralnyy Turkmenistan" nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Turkmaniston va Xitoy o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan nashrdagi maqolada Xitoy elchisi agar 1992 yilda ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi 4,5 mln dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2013 yilga kelib bu ko‘rsatkich 10 mlrd dollardan oshib ketganini aytdi.
Elchining aytishicha, "Xitoy oxirgi 5 yil ichida Turkmanistonning eng yirik savdo hamkori hisoblanadi".
Oxirgi ikki yil ichida ikki davlat o‘rtasidagi savdo hajmi pul ekvivalentida kamaygan, biroq hajm avvalgicha qolgan. 2016 yilning 11 oyi ichida savdo aylanmasi 5,4 mlrd dollarga yetgan.
Xitoy elchisining aytishicha, 2009 yilda uzunligi 1800 km ni tashkil qiluvchi Turkmaniston-Xitoy transchegaraviy gaz quvurining ishga tushirilishi bilan Xitoy Turkmanistondan 160 mlrd kub metr gaz sotib olgan va turkman gazining eng yirik importchisiga aylangan. Elchining ta'kidlashicha, Pekin aholisi iste'mol qiladigan gazning uchdan bir qismi turkman gazi hisobiga to‘g‘ri keladi.
Turkmaniston gaz zaxiralari bo‘yicha dunyoda 4-o‘rinda turadi, Xitoy esa energetika zaxiralarining eng yirik iste'molchisi hisoblanadi.
Mavzuga oid
17:06 / 28.12.2024
«Turkmaniston» aviakompaniyasi Moskvaga reyslarini 1 oyga to‘xtatdi
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024