Jamiyat | 13:55 / 27.01.2017
22561
1 daqiqa o‘qiladi

Eronlik aktrisa Tramp tufayli “Oskar” marosimiga bormasligini ma'lum qildi

Foto: Getty Images

Eronlik aktrisa Tarane Alido‘stiy Amerikaning “Oskar” mukofotini AQSh prezidenti Donal Tramp sabab boykot qilmoqda. U asosiy aholisi musulmonlar bo‘lgan yettita davlat fuqarolariga vizalar berishni to‘xtatib qo‘yish niyatida, deb xabar berdi Reuters.

Alido‘stiy rejissyor Asqar Farhodiyning “Savdo agenti” filmida suratga tushgan bo‘lib, bu kartina “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar”ga da'vogarlik qilmoqda.

Aktrisaning ma'lum qilishicha, u mukofot topshirish marosimiga bormaydi. Alido‘stiyning so‘zlariga ko‘ra, eronliklarga viza berishni taqiqlash “irqchilikdir”.

Tramp farmoni loyihasida Iroq, Eron, Liviya, Somali, Sudan, Suriya va Yaman haqida so‘z borgan.

Mavzuga oid